I. Vakant lavozimlar nomi:

1. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada:

— qonun hujjatlari qo‘llanilish amaliyotini tahlil qilish;

— qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

— qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

— qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

— qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o‘rganish.

2. Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni o‘rganish bo‘limi katta maslahatchisi (0,5 stavkasi bola parvarishlash ta’tiliga chiqishi munosabati bilan)

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

Sud-huquq sohasida:

— qonun hujjatlari qo‘llanilish amaliyotini tahlil qilish;

— qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

— qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

— qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

— qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o‘rganish.

Lavozimlar uchun rasmiy talablar:

— oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish;

— qoida tariqasida yurisprudensiya sohasida 2 yillik ish staji;

— davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

— xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys yoki yapon tili) yaxshi bilish;

— ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkaza olish, tahliliy maqolalar va boshqa materiallar tayyorlay olish;

— qonunchilik texnikasi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida zarur bilimga ega bo‘lish;

— kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

— yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;

— mas’uliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.

Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan, milliy va xalqaro nashrlarda o‘z maqolalari bilan chiqishlar qilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

— Toshkent shahar markazida joylashgan, barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

— munosib ish haqi;

— adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish imkoniyati;

— idoraviy tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati.

Qo‘shimcha afzalliklar:

— zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

— davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

II. Vakant lavozimlar nomi:

1. Birinchi toifali ish yurituvchi kotib

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

— yuqori tashkilotlardan va tarkibiy bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish va xatlarni qabul qilib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘z vaqtida rahbarga yetkazish;

— rahbar tomonidan imzolangan hujjatlarni tarkibiy bo‘linmalarga tegishliligi bo‘yicha o‘z vaqtida tarqatish;

— kirish hujjatlarini to‘g‘ri hisobga olinishini, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini, jo‘natiluvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;

— hay’at qarorlarining bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash;

— Tadqiqot instituti yoki uning bo‘linmalari rahbari faoliyatini ta’minlash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik funksiyalarni bajarish;

— tarkibiy bo‘linma yoki xodimi to‘g‘risida rahbarga kerakli ma’lumotlarni to‘plash va uning topshirig‘i bilan xodimlarni yig‘ish;

— rahbarning telefon orqali muloqotlarini uyushtirish, telefonogrammalarni qabul qilish va jo‘natish, u bo‘lmagan paytlarda qabul qilingan axborotlarni yozib olish va ularning mazmunini rahbarga yetkazish;

— rahbar o‘tkazadigan majlis va yig‘ilishlarni tayyorlash (zarur materiallarni to‘plash, ishtirokchilarni majlis va yig‘ilishlarning o‘tkazilish vaqti, joyi, kun tartibi bilan tanishtirish), bayonnomalar rasmiylashtirish;

— rahbarning ish o‘rnini konselyariya mollari va texnika vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish hamda ishlash uchun zarur shart-sharoit yaratish;

— rahbariyat qabuliga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning qabulini uyushtirish va belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

— nomenklatura bo‘yicha hujjatlar yig‘majildini yuritish va saqlanishini ta’minlash;

— hujjatlarni ijro etish uchun yuborish;

— ijro etilgan hujjatlarni yig‘ma jildlarga tikib qo‘yish;

— ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish hamda belgilangan muddatlarda arxivga topshirish.

Lavozimlar uchun rasmiy talablar:

— oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish;

— davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

— xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys yoki yapon tili) yaxshi bilish;

— kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

— yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;

— mas’uliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.

Hujjatlarni taqdim qilish tartibi:

Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan nomzodlar dastlab Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi, vakant lavozimlarning vazifa-funksiyalari va ularga qo‘yilgan rasmiy talablar bilan tanishib chiqishi, o‘ziga maqbul keladigan lavozim uchun tegishli hujjatlar (shaxsiy varaqa (belgilangan namunadagi ma’lumotnoma-ob’ektivka); diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma; 3×4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati; fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi)ni 2021 yil 25 dekabr kuniga qadar shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda tizimga biriktirishi lozim. Tanlovga oid barcha jarayonlarni shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish mumkin.

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havola orqali Ishga qabul qilish tartibi bilan batafsil tanishish mumkin.

Eslatma:

belgilangan muddatdan kechikib taqdim qilingan hujjatlar;

lavozimning rasmiy malaka talablariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlar;

namunaviy shaklda taqdim qilinmagan ob’ektivka-ma’lumotnomalar;

kasbiy va shaxsiy ma’lumotlari haqida noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumot aks ettirilgan hujjatlar Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to‘g‘risidagi nizom talabiga asosan rad etiladi.

Tahminiy savollar ro‘yxati bilan www.hsti.uz havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bog‘lanish uchun telefon raqam va elektron pochta manzili: 71 268-28-95, tadqiqotinstituti@adliya.uz.

Tanlov o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy.

Ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008”, Tadqiqot institutining 71 268 28 95 telefon raqamlari yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.