O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (JICA) bilan hamkorlikda joriy yilning 19-yanvar kuni “Raqamlashtirish davrida shartnomalar” mavzusida onlayn seminar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu seminarda Nishimura va Asahi yuridik firmasi advokati Shinnosuke Fukuoka tomonidan Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshirilgan raqamlashtirish islohotlari, ma’lumotlar bo‘yicha asosiy tushunchalar, ma’lumotlar huquqining tizimi (umumiy tuzilishi, ma’lumotlar va mualliflik huquqi, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqi, ma’lumot va monopoliyaga qarshi qonun), ma’lumot tranzaksiyasi shartnomasi, raqamli hujjatlar va elektron shartnomalarga oid masalalarda ma’ruza qilinadi va soha mutaxassislari bilan muhokamalar olib boriladi.

Shu munosabat bilan mazkur sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislarni, olimlarni, huquqshunoslarni mazkur tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz.

Sana: 19-yanvar, 2022-yil
Vaqt: 9:30
Seminarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://us06web.zoom.us/j/84505355388
ID: 845 0535 5388
Pass Code: 337109