Vakant lavozimlar nomi:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi
Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada:
— qonun hujjatlari qo‘llanilish amaliyotini tahlil qilish;
— qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
— qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
— qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
— qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o‘rganish.
2. Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni o‘rganish bo‘limi katta maslahatchisi (0,5 stavkasi bola parvarishlash ta’tiliga chiqishi munosabati bilan)
Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:
Sud-huquq sohasida:
— qonun hujjatlari qo‘llanilish amaliyotini tahlil qilish;
— qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
— qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
— qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
— qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o‘rganish.
Lavozimlar uchun rasmiy talablar:
— oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish;
— qoida tariqasida yurisprudensiya sohasida 2 yillik ish staji;
— davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;
— xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys yoki yapon tili) yaxshi bilish;
— ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkaza olish, tahliliy maqolalar va boshqa materiallar tayyorlay olish;
— qonunchilik texnikasi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida zarur bilimga ega bo‘lish;
— kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;
— yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;
— mas’uliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.
Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan, milliy va xalqaro nashrlarda o‘z maqolalari bilan chiqishlar qilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
— Toshkent shahar markazida joylashgan, barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
— munosib ish haqi;
— adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish imkoniyati;
— idoraviy tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati.
Qo‘shimcha afzalliklar:
— zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;
— davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.
Hujjatlarni taqdim qilish tartibi:
Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan nomzodlar dastlab Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi, vakant lavozimlarning vazifa-funksiyalari va ularga qo‘yilgan rasmiy talablar bilan tanishib chiqishi, o‘ziga maqbul keladigan lavozim uchun tegishli hujjatlar (shaxsiy varaqa (belgilangan namunadagi ma’lumotnoma-ob’ektivka); diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma; 3×4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati; fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi)ni 2022-yil 26-fevral kuniga qadar shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda tizimga biriktirishi lozim. Tanlovga oid barcha jarayonlarni shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish mumkin.
https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havola orqali Ishga qabul qilish tartibi bilan batafsil tanishish mumkin.
Eslatma:
belgilangan muddatdan kechikib taqdim qilingan hujjatlar;
lavozimning rasmiy malaka talablariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlar;
namunaviy shaklda taqdim qilinmagan ob’ektivka-ma’lumotnomalar;
kasbiy va shaxsiy ma’lumotlari haqida noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumot aks ettirilgan hujjatlar Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to‘g‘risidagi nizom talabiga asosan rad etiladi.
Bog‘lanish uchun telefon raqam va elektron pochta manzili: 71 268-28-45, tadqiqotinstituti@adliya.uz.
Tanlov o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy.
Ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008”, Tadqiqot institutining 71 268 28 45 telefon raqamlari yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.