I. Vakant lavozimlar nomi:

1. Davlat boshqaruvi samaradorligini o‘rganish bo‘limi bosh maslahatchisi

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

— davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyoti hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning huquqiy muammolarini o‘rganish va tahlil qilish;

— qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

— qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

— qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

— qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o‘rganish.

2. Iqtisodiy soha tahlili bo‘limi bosh maslahatchisi

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

Iqtisodiy sohada:

— qonun hujjatlari qo‘llanilish amaliyotini tahlil qilish;

— qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

— qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

— qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

— qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o‘rganish.

Lavozimlar uchun rasmiy talablar:

— oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish;

— qoida tariqasida yurisprudensiya sohasida 3 yillik ish staji;

— davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

— xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys yoki yapon tili) yaxshi bilish;

— ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkaza olish, tahliliy maqolalar va boshqa materiallar tayyorlay olish;

— qonunchilik texnikasi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida zarur bilimga ega bo‘lish;

— kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

— yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;

— mas’uliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.

Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan, milliy va xalqaro nashrlarda o‘z maqolalari bilan chiqishlar qilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

II. Vakant lavozimlar nomi:

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

— Tadqiqot instituti faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, Tadqiqot institutining rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

— Tadqiqot institutida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Tadqiqot institutining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;

— axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

— ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida Tadqiqot instituti rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish;

— axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy

axborot vositalari va Internet tarmog‘ida Tadqiqot instituti faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

— mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

— Tadqiqot instituti faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida Tadqiqot instituti rahbariyatiga axborot berib borish;

— Tadqiqot instituti  faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;

— Tadqiqot instituti vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda Tadqiqot instituti rasmiy veb-saytida joylashtirish;

Tadqiqot instituti faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Lavozimlar uchun rasmiy talablar:

— qoida tariqasida axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yonalishi boyicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

— qoida tariqasida axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida 2 yillik ish staji;

— davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

— xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys yoki yapon tili) yaxshi bilish;

— kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

— yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;

— mas’uliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.

Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan, milliy va xalqaro nashrlarda o‘z maqolalari bilan chiqishlar qilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

— Toshkent shahar markazida joylashgan, barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

— munosib ish haqi;

— adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish imkoniyati;

— idoraviy tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati.

Qo‘shimcha afzalliklar:

— zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

— davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

III. Vakant lavozimlar nomi:

Xo‘jalik mudiri

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

— Tadqiqot instituti xodimlariga barcha zaruriy ish sharoitlarini yaratishga ma’sul hisoblanadi va xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;

— Tadqiqot institutini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi, Tadqiqot instituti binosini kapital qurish va ta’mirlash choralarini ko‘radi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritish uchun tegishli takliflar tayyorlaydi;

Tadqiqot institutining moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkillashtirish va yuritish ishlarini amalga oshiradi;

— Tadqiqot institutiga tegishli bino va inshootlar, ularga tegishli hududlarni toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini olib boradi, shuningdek, ta’mirlash, kapital qurilish, kommunal xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkillashtiradi, Tadqiqot instituti mol-mulkining ishlatilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishining qonuniyligini ta’minlaydi va boshqa xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadi;

— Tadqiqot instituti binosining aloqa, elektr energiya, gaz, issiq va sovuq suv tarmoqlarini doimiy va sifatli, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlab turishini ta’minlaydi hamda boshqa xo‘jalik-maishiy xizmatlarni bajaradi;

— Tadqiqot instituti xodimlarining kanselyariya mollariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi va natijasiga ko‘ra o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlaydi;

— Tadqiqot instituti balansida mavjud bo‘lgan xizmat avtomashinalarining texnik ahvolini o‘rganadi, avtotransport vositalarini ta’mirlash ishlarini tashkil etadi va ularning tayyorligini ta’minlaydi, avtotransport vositalarini belgilangan miqdorda yonilg‘i bilan ta’minlash choralarini ko‘radi, yo‘l ko‘rsatgichlari tamg‘asi sozligini hamda yonilg‘i sarflanishini nazorat qiladi, avtotransport vositalarini tegishli xodimlarga biriktirish bo‘yicha dalolatnomalarni, yo‘l varaqalarini va boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi, imkoniyatdan kelib chiqib, avtomashinalarning avtoturargohda saqlanishini ta’minlaydi;

— Tadqiqot instituti binosi, unga tegishli hududlardan maqsadli foydalanishni, belgilangan tartibda ularni ijaraga berishni ta’minlaydi;

— Tadqiqot instituti binosini kuz-qishgi mavsumda foydalanishga tayyorlaydi;

— avariya va boshqa favqulodda hodisalar yuz berishining oldini olishga qaratilgan choralarni, bunday hodisalar yuz bergan taqdirda, uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur tadbirlarni ko‘radi;

— Tadqiqot instituti binosida evakuatsiya qilish tartibini ishlab chiqadi va uni tegishli joylarga osib qo‘yilishini ta’minlaydi;

Tadqiqot instituti omboridagi moddiy boyliklarning lozim darajada saqlanishini ta’minlaydi;

— xodimlar tomonidan mehnatni muxofaza qilish talablari, yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar va sanitariya qoidalari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

— Tadqiqot instituti mulki bo‘lgan jihozlarni belgilangan tartibda sanoqdan o‘tkazilishi (inventarizatsiya)ni tashkil qiladi, har oy ularning hisobotini yuritadi va yaroqsiz holga kelgan jihozlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnomalar tuzadi;

— Tadqiqot instituti ehtiyojlari uchun moddiy boyliklarni xarid qilish, binolarini ta’mirlash, kapital qurish bo‘yicha o‘tkaziladigan tender hujjatlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va natijasi yuzasidan Tadqiqot instituti rahbariyatiga axborot beradi; — xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga rahbarlik qiladi.

Lavozimlar uchun rasmiy talablar:

— qoida tariqasida moliya-xo‘jalik sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

— davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

— kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

— yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;

— mas’uliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.

Hujjatlarni taqdim qilish tartibi:

Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan nomzodlar dastlab Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi, vakant lavozimlarning vazifa-funksiyalari va ularga qo‘yilgan rasmiy talablar bilan tanishib chiqishi, o‘ziga maqbul keladigan lavozim uchun tegishli hujjatlar (shaxsiy varaqa (belgilangan namunadagi ma’lumotnoma-ob’ektivka); diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma; 3×4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati; fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi)ni 2022-yil 3-iyun kuniga qadar shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda tizimga biriktirishi lozim. Tanlovga oid barcha jarayonlarni shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish mumkin.

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havola orqali Ishga qabul qilish tartibi bilan batafsil tanishish mumkin.

Eslatma:

belgilangan muddatdan kechikib taqdim qilingan hujjatlar;

lavozimning rasmiy malaka talablariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlar;

namunaviy shaklda taqdim qilinmagan ob’ektivka-ma’lumotnomalar;

kasbiy va shaxsiy ma’lumotlari haqida noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumot aks ettirilgan hujjatlar Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to‘g‘risidagi nizom talabiga asosan rad etiladi.

Tahminiy savollar ro‘yxati bilan www.hsti.uz havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bog‘lanish uchun telefon raqam va elektron pochta manzili: 71 268-28-45, tadqiqotinstituti@adliya.uz.

Tanlov o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy.

Ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008”, Tadqiqot institutining 71 268 28 45 telefon raqamlari yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.