Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 6-7 aprel kunlari “Raqamli texnologiyalar sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toplami nashr etildi.

To‘plamning elektron shaklda quyida havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://inlibrary.uz/index.php/digital_technology_offenses/index

ISBN: 978‐9943‐7818‐4‐9
Bosh muharrir: yu.f.d., prof. A.K.Rasulev – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari.
Tahrir hay’ati: O.Toshev, Z. Ergashev.
Mas’ul muharrir: F.B. Nurboboyeva
Taqrizchilar: Abdurasulova K.R – yu.f.d., prof., Toshkent davlat yuridik universiteti, Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi;
Tursunov A.C. – yu.f.d., prof., O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.