Vakant lavozimlar nomi:
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yetakchi mutaxassis

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

— Tadqiqot instituti faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, Tadqiqot institutining rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

— Tadqiqot institutida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Tadqiqot institutining ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;

— axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

— ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;

muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida Tadqiqot instituti rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish;

— axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida Tadqiqot instituti faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

— mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

— Tadqiqot instituti faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini o‘rganish, dolzarb takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida Tadqiqot instituti rahbariyatiga axborot berib borish;

— Tadqiqot instituti  faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida vakolatli vazirliklar va idoralar orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;

— Tadqiqot instituti vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda Tadqiqot instituti rasmiy veb-saytida joylashtirish;

Tadqiqot instituti faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

Lavozimlar uchun rasmiy talablar:

jurnalistika yoki axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar ta’lim yonalishi boyicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

jurnalistika yoki axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida 2 yillik ish staji;

— davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

— xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys yoki yapon tili) yaxshi bilish;

— kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

— yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;

— mas’uliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.

Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan, milliy va xalqaro nashrlarda o‘z maqolalari bilan chiqishlar qilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

— Toshkent shahar markazida joylashgan, barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

— munosib ish haqi;

— adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish imkoniyati;

— idoraviy tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati.

Qo‘shimcha afzalliklar:

— zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

— davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Hujjatlarni taqdim qilish tartibi:

Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan nomzodlar dastlab Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi, vakant lavozimlarning vazifa-funksiyalari va ularga qo‘yilgan rasmiy talablar bilan tanishib chiqishi, o‘ziga maqbul keladigan lavozim uchun tegishli hujjatlar (shaxsiy varaqa (belgilangan namunadagi ma’lumotnoma-ob’ektivka); diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma; 3×4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati; fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi)ni 2022-yil 1-avgust kuniga qadar shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda tizimga biriktirishi lozim. Tanlovga oid barcha jarayonlarni shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish mumkin.

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havola orqali Ishga qabul qilish tartibi bilan batafsil tanishish mumkin.

Eslatma:

belgilangan muddatdan kechikib taqdim qilingan hujjatlar;

lavozimning rasmiy malaka talablariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlar;

namunaviy shaklda taqdim qilinmagan ob’ektivka-ma’lumotnomalar;

kasbiy va shaxsiy ma’lumotlari haqida noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumot aks ettirilgan hujjatlar Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to‘g‘risidagi nizom talabiga asosan rad etiladi.

Bog‘lanish uchun telefon raqam va elektron pochta manzili: 71 268-28-45, tadqiqotinstituti@adliya.uz.

Tanlov o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy.

Ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008”, Tadqiqot institutining 71 268 28 45 telefon raqamlari yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.