“Munosabat” ko‘rsatuvining navbatdagi soni «Yer uchastkalarini xususiylashtirish va ulardan samarali foydalanish» buyicha Konstitutsiyaning 55-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga bag‘ishlandi. Unda Adliya vazirligi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti masʼul xodimi Qahhor Jumayev ham ishtirok etib, xalqimizni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi.