Korrupsiya, avvalo, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi.

Korrupsiyaning ayrim jabhalarda yashirin qolishiga sabab esa pora olish va pora berishda ikkala tomonning ham mazkur vaziyatda manfaatdorlik hissi mavjudligi bilan ifodalanadi

Korrupsiya oqibatida:

inson huquq va erkinliklari qo‘pol ravishda buziladi;

qonunlarga hurmat ruhi pasayadi;

iqtisodiy rivojlanish izdan chiqadi;

milliy tarraqqiyotga to‘siq bo‘ladi;

davlat va jamiyat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik keng yoyilishiga sharoit yaratiladi.