Ijtimoiy soha tahlili bo’limi

Boʼlim tarkibi

Adiba Shuxrat qizi Safarova

Bo‘lim boshlig‘i

2-darajali yurist

Anvarjon Gafirovich Eminov

Bosh maslahatchi

2-darajali adliya maslahatchisi

Boburjon Inomjon o’g’li Donayev

Yetakchi maslahatchi


3-darajali yurist

Shoira Ergash qizi Alamonova

Katta maslahatchi

3-darajali yurist

Bo‘limning maqsad va vazifalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil o‘rganish, tahlil qilish, qonunchilikni va uning tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ularni natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash bo‘lib hisoblanadi.

Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qiladi va o‘rganadi;
  • qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash faoliyati samaradorligi masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil qiladi, natijasi bo‘yicha ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
  • qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni huquqiy tartibga solish yuzasidan halqaro va xorijiy tajriba, ilmiy, tadqiqot ishlari natijalarini o‘rgangan holda qiyosiy tahlil qiladi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatini tahlil qilish natijalari bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy sohada zarur ehtiyojga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini aniqlaydi va ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari yuzasidan o‘z nuqtai nazarini shakllantiradi va yetkazadi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy sohada mavjud munosabatlar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning to‘liqliligini o‘rganadi, aniqlangan huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish uchun zarur takliflar ishlab chiqadi;
  • qonunchilikni va uning tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqish;
  • davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning huquqiy muammolarini o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash;
  • yetakchi xalqaro ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
  • fuqarolar va tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarini ko‘rib chiqadi;

Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.