Davlat boshqaruvi samaradorligini o‘rganish bo‘limi

Bo‘lim tarkibi

Nazarali Ibodullaevich Norbaev

Bo‘lim boshlig‘i

1-darajali adliya maslahatchisi

Dildora Anvarovna Anvarova

Bosh maslahatchi

2-darajali yurist

Ravshan Nurmatov Begmamatovich

Yetakchi maslahatchi

2-darajali yurist

Bo‘limning maqsad va vazifalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyoti hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning huquqiy muammolarini izchil o‘rganish, tahlil qilish, qonunchilikni va uning tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ularni natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash bo‘lib hisoblanadi.

Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari statistik ma’lumotlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishning dolzarb masalalarini aniqlaydi;
  • huquq ijodkorligi faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati samaradorligini hamda mavjud muammolarni o‘rganadi, qonun hujjatlarini bir hilda va amalda to‘g‘ri qo‘llanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar hamda kamchiliklarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • davlat boshqaruvini takomillashtirish, ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida tadqiqotlar o‘tkazadi;
  • huquq ijodkorligi faoliyati, ma’muriy tartib-taomillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar majmuini tahlil qiladi, amaliyot materiallarini umumlashtiradi, xorijiy tajribani o‘rganadi, natijalari bo‘yicha qonunchilik va uning tarmoqlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
  • davlat organlari faoliyati ochiqligi va oshkoraligi ahvolini o‘rganadi, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlari, shuningdek ma’muriy tartib taomillar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan boshqa tuzilmalar xizmatidan foydalanish ko‘lamini kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati haqidagi axborot ochiqligi darajasini kengaytirish, jismoniy va yuridik shaxslarning ularni faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni olishga bo‘lgan huquqi kafolatini amalda ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
  • xalqaro-huquqiy va milliy qonun hujjatlari normalari qiyosiy-huquqiy tahlilini o‘tkazadi, umum e’tirof etilgan xalqaro-huquqiy normalar va standartlarni milliy qonun hujjatlariga hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy qilish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
  • davlat organlari va boshqa organlardan olingan davlat boshqaruvi sohalariga oid statistik ma’lumotlarini o‘rganadi va tahlil qiladi;
  • qonunchilikni va uning tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazadi va ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqadi;
  • davlat boshqaruvi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar majmuini tahlil qiladi, amaliyot materiallarini umumlashtiradi, natijalari bo‘yicha qonunchilik va uning tarmoqlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritadi;
  • yetakchi xalqaro ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
  • fuqarolar va tashkilotlarning davlat boshqaruvi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarini ko‘rib chiqadi;

Bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida boshqa vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi mumkin.