Umumiy bo‘lim

Bo‘lim tarkibi

Sardorbek Polvonnazarovich Avezov

Bo‘lim boshlig‘i

1-darajali yurist

Anvarjon Gafirovich Eminov

Bosh maslahatchi

2-darajaliya adliya maslahatchisi

Bo‘limning asosiy vazifalari: Tadqiqot institutida ish yuritishni tashkil etish, nazorat qilish, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solishga qaratilgan hujjatlarni tayyorlash, Tadqiqot instituti ish rejalarining ijrosi bo‘yicha nazorat olib borish, Tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni yuritish, umumlashtirish, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ularning murojaatlarini qonuniy ko‘rib chiqilishini nazorat qilish, Tadqiqot instituti binosiga kirish-chiqishni tashkillashtirish, kadrlar ishini yuritish, Tadqiqot institutini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil etish hisoblanadi.

Bo‘lim quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  • Tadqiqot institutida ish yuritishni tashkil etish sohasida:
  • kelib tushgan hujjatlarni qabul qilinishini ta’minlaydi, ro‘yxatga oladi, ularni bo‘limlarning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlariga qarab taqsimlaydi, mas’ul ijrochilarga yetkazadi;
  • hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasining shakllantirilganligi va ularning yuritilishini nazorat qiladi;
  • bo‘limlar tomonidan jo‘natish uchun tayyorlangan hujjatlarni ko‘rsatilgan manzillarga jo‘natadi;
  • kelib tushgan hujjatlarning ijro etilishini nazorat qiladi.
  • Tadqiqot instituti ish rejalari ijrosining nazorati sohasida:
  • ish rejada belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan ma’lumotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi va rahbariyatga bu haqda axborot beradi.
  • Tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi statistik hisobotlarni yuritish sohasida:
  • Tadqiqot institutining faoliyatiga doir statistik hisobotlarni yuritadi;
  • statistik hisobotlarni umumlashtiradi, hisobot natijalari yuzasidan faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
  • Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy ko‘rib chiqilishini nazorat qilish sohasida:
  • jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tashkillashtiradi, kelib tushgan ariza, taklif va shikoyatlarni o‘z muddatida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi;
  • jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ularning turi va sohasi bo‘yicha umumlashtiradi hamda tahlil qiladi.
  • Kadrlar ishini yuritish sohasida:
  • kadrlar ishini yuritadi hamda takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  • xodimlarni maxsus unvon – martaba darajalariga tavsiya etish va belgilangan xizmat muddati uchun ustama haqi to‘lab borishni tashkillashtiradi;
  • xodimlarni mehnat intizomi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat olib boradi;
  • kadrlar hisobini yuritish tizimini tashkil etadi, xodimlarning shaxsiy yig‘ma jildlarini yuritadi, kadrlar tarkibi va harakati bo‘yicha hisobotlar tuzadi va tahlil qiladi;
  • xodimlarga mehnat daftarchalari, binolarga (xonalarga) kirish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berilishi va ularning saqlanishini ta’minlaydi.
  • Tadqiqot institutini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil etish sohasida:
  • Tadqiqot institutini moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;
  • Tadqiqot institutiga tegishli bino, unga tutash hududni toza va ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarini olib boradi, shuningdek, ta’mirlash, kapital qurilish, kommunal xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkillashtiradi,
  • mol-mulkning ishlatilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarilishining qonuniyligini ta’minlaydi va boshqa xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadi;
  • binoning aloqa, elektr energiya, gaz, issiq va sovuq suv tarmoqlarini doimiy va sifatli, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ishlab turishini ta’minlaydi hamda boshqa xo‘jalik-maishiy xizmatlarni bajaradi;
  • xodimlarning kanselyariya mollariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi va natijasiga ko‘ra o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlaydi;
  • Tadqiqot instituti balansida mavjud bo‘lgan xizmat avtomashinalarining texnik ahvolini o‘rganadi, avtotransport vositalarini ta’mirlash ishlarini tashkil etadi va ularning tayyorligini ta’minlaydi, avtotransport vositalarini belgilangan miqdorda yonilg‘i bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
  • avariya va boshqa favqulodda hodisalar yuz berishining oldini olishga qaratilgan choralarni, bunday hodisalar yuz bergan taqdirda, uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur tadbirlarni ko‘radi;
  • binoda evakuasiya qilish tartibini ishlab chiqadi va uni tegishli joylarga osib qo‘yilishini ta’minlaydi.